Сайт может отображаться некорректно, поскольку вы просматриваете его с устаревшего браузера Internet Explorer (), который больше не поддерживается Microsoft.
Рекомендуем обновить браузер на любой из современных: Google Chrome, Яндекс.Браузер, Mozilla FireFox.
Пожалуйста, поверните устройство в вертикальное положение для корректного отображения сайта

Tos-son bo‘g‘imini birlamchi endoprotezlash

  • Kam invaziv operatsiyalar:
    Kam xatar bilan tez tiklanish.
  • Ilg‘or texnologiyalar:
    Uzoq muddatli samaradorlik uchun innovatsiyaviy protezlardan foydalanish.
  • Tajribali jamoa:
    Minglab muvaffaqiyatli operatsiyalar bajargan professional jarrohlar.
Описание эндопротезирования тазобедренного сустава

TSB ni birlamchi endoprotezlash haqida

Bizning markazimizdagi birlamchi tos-son bo‘g‘imini (TSB) endoprotezlash — bo’g’imni sun’iy endoprotezga yuqori sifatli almashtirilish. Tos-son bo‘g‘imi jarrohligi markazi Rossiya va MDH mamlakatlarida kam invaziv oldindan kirish orqali birlamchi endoprotezlashni muntazam ravishda amalga oshiradigan yagona klinikadir.

Jarrohlik markazi asoschisi Yeryomin Ivan Konstantinovichning to’g’ridan-to’g’ri oldindan kirishni qo‘llash sohasidagi tajribasi 3000 dan ortiq operatsiyani tashkil qiladi, bu esa doktor Yeryominni ushbu sohada yetakchi mutaxassis deb hisoblashga asos bo‘ladi.

Bizning TSB ni birlamchi endoprotezlash usullarimiz

Малоинвазивный способ эндопротезирования тбс
Kam invaziv oldindan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish

Shikastlanishni kamaytirish va tez tiklanish.

Персональные протезы для эндопротезирования
Shaxsga moslangan protezlar

Har bir bemorga mos keladigan endoprotezni tanlash.

Комплексная реабилитация после эндопротезирования
Kompleks reabilitatsiya

Optimal natijalarga erishish uchun shaxsiy tiklanish dasturlari.

Противопоказания к эндопротезированию

TSB ni birlamchi endoprotezlash mumkin bo‘lmagan holatlar

Umuman mumkin bo‘lmagan holatlarga quyidagilar kiradi

— Yurak va nafas olish tizimining dekompensatsiya bosqichidagi kasalliklari
— Yurak sur’atining og‘ir buzilishlari
— Yuqori darajadagi buyrak va jigar yetishmovchiligi

Markaz xodimlari

Yeryomin Ivan Konstantinovich
Bosh jarroh
Semyonov Nikita Aleksandrovich
Shifokor travmatolog-ortoped
Baysarov Usmon Axiyatovich
Shifokor travmatolog-ortoped
Molarishvili Zurab Malxaziyevich
Shifokor travmatolog-ortoped
Fedichkina Svetlana Vladimirovna
Travmatologiya-ortopediya operatsiya hamshirasi
Doljikova Yekaterina Vasilyevna
Ma’mur
Yazikova Anna Mixaylovna
Ma’mur
Yeryomin Ivan Konstantinovich
Bosh jarroh

Ish staji 15 yil

Mutaxassisligi:
— Oldindan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish orqali tos-son bo‘g‘imini endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imini assistent robot MAKO bilan total endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imining taftishli operatsiyalari

Sertifikatlar
Semyonov Nikita Aleksandrovich
Shifokor travmatolog-ortoped

Ish staji 3 yil

Mutaxassisligi:
— Tos-son bo‘g‘imini oldindan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish orqali endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imining taftishli operatsiyalari
— Tos-son bo‘g‘imini konservativ davolash

Sertifikatlar
Baysarov Usmon Axiyatovich
Shifokor travmatolog-ortoped

Ish staji 13 yil

Oliy toifali shifokor

Mutaxassisligi:
— Oldindan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish orqali tos-son bo‘g‘imini endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imini assistent robot MAKO bilan total endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imining taftishli operatsiyalari
— Tos-son bo‘g‘imini konservativ davolash

Sertifikatlar
Molarishvili Zurab Malxaziyevich
Shifokor travmatolog-ortoped

Ish staji 5 yil

Mutaxassisligi:
— Oldindan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish orqali tos-son bo‘g‘imini endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imini assistent robot MAKO bilan total endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imining taftishli operatsiyalari
— Tos-son bo‘g‘imini konservativ davolash

Sertifikatlar
Fedichkina Svetlana Vladimirovna
Travmatologiya-ortopediya operatsiya hamshirasi

Ish staji 15 yil

Sertifikatlar
Doljikova Yekaterina Vasilyevna
Ma’mur
Sertifikatlar
Yazikova Anna Mixaylovna
Ma’mur
Sertifikatlar

Birlamchi endoprotezlash uchun majburiy tahlil va tekshiruvlar ro‘yxati

Batafsilroq...

  1. Qonning trombotsitlarni sasnash bilan kengaytirilgan (klinik) umumiy tahlili, muddati 14 kungacha.
  2. Siydikning umumiy tahlili, 14 kungacha.
  3. Qonning biokimyoviy tahlili (ALAT, ASAT, umumiy, to‘g‘ri bilirubin, qondagi glyukoza, umumiy oqsil, mochevina, kreatinin, natriy, kaltsiy, kaliy, xlor), muddati 14 kungacha.
  4. Koagulogramma (fibrinogen, ACHTV, prothrombin vaqti, Kvink bo‘yicha protrombin, MNO,thrombin vaqti, quyulish vaqti va qon ketishining davomiyligi), muddati 14 kungacha.
  5. Gepatitning В (HbsAg) va gepatit С (HCV) markerlari uchun qon tahlili, 3 oygacha.
  6. RW uchun qon tahlili, muddati 1 oygacha.
  7. OIV infektsiyasi uchun qon tahlili, muddati 3 oygacha.
  8. Qon guruhi, rezus faktor. Muddati 2 oygacha.
  9. Eritrotsitlarni Rh(C,E,c,e) tizimi va Kell antigeni bo‘yicha fenotiplash. (muddatsiz)
  10. Alloimmun antieritrotsitar antitanalar,shuningdek, Rh-antigeniga antitanalar
  11. Rasshifrovkasi va xulosasi bilan elektrokardiogramma (EKG), muddati 14 kungacha.
  12. Ko’krak qafasi organlarining flyuorografik tadqiqoti yoki ko’krak qafasi organlarining 2 proektsiyadagi obzorli rentgenogrammasi, muddati 6 oygacha.
  13. Fibragastroduodenoskopiya (FGDS), muddati 3 oygacha. Yarali anamnez, oshqozon-ichak trakti eroziyalari bo‘lganda, 1 oygacha.
  14. Oyoqlar venalarining ultratovush tadqiqoti, muddati, 1 oygacha.
  15. Oyoqlar arteriyalarining ultratovush tadqiqoti, 1 oygacha.
  16. Braxiotsefal arteriyalarning ultratovush tadqiqoti, 3 oygacha.
  17. Exokardiografiya (yurak UTT), muddati 1 oygacha.
  18. Kunlik EKG monitoringi, 65 yoshdan katta, gipertonik kasalligi bo‘lgan shaxslar uchun. Muddati 1 oygacha.
  19. TTG, glikirlangan gemoglobin, qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun, muddati 14 kungacha.
  20. Davolovchi shifokorning jarrohlik davolashi mumkin bo‘lmagan holatlar va ko’rsatilgan hamroh kasalliklar yo’qligi ko’rsatilgan bosma shakldagi xulosasi, muddati 1 oygacha.
  21. Hamroh kasalliklar bo‘lganda, tor soha mutaxassislarining (onkolog, endokrinolog, kardiolog) xulodsasi to‘liq ko‘rik, muddati 1 oygacha
  22. 100% miqyoslik bitta plyonkada tos suyaklarining sonning yuqori uchdan biri, son suyagini qamrab olgan rentgenografiyasi. (Bitta tasvirda har ikkala bo‘g‘im to‘g‘ri proyektsiyada).

Bizning afzalliklarimiz

  • Xizmatlarning to‘liq tsikli: birlamchi maslahatdan to‘liq tiklanishgacha.
  • Professionallar jamoasi: tajribali shifokorlar va zamonaviy uskunalar.
  • Dunyoning ilg‘or texnologiyalari: birlamchi endoprotezlashning innovatsiyaviy jarrohlik usullari.

“Tos-son bo‘g‘imini birlamchi endoprotezlash” operatsiyasi jarayoni

01
Anesteziya

Bemorning holatiga qarab og‘riqsizlantirish usulini tanlash.

02
Bo‘g‘imga kirish

Kam shikast yetkazuvchi oldindan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish.

03
Protezni o‘rnatish

Ehtiyotkorlik bilan mahkamlash va funktsionalligini tekshirish.

Bo‘g‘imlardagi og‘riqlarga sizning hayotingizni boshqarishga yo‘l bermang

O‘zingizga cheklovlarsiz harakat erkinligini sovg‘a qiling

5 yil davomida DAA usuli yordamida 3 mingdan ortiq bemorni faol hayotga qaytardik

Ariza qoldiring va maslahat oling