Сайт может отображаться некорректно, поскольку вы просматриваете его с устаревшего браузера Internet Explorer (), который больше не поддерживается Microsoft.
Рекомендуем обновить браузер на любой из современных: Google Chrome, Яндекс.Браузер, Mozilla FireFox.
Пожалуйста, поверните устройство в вертикальное положение для корректного отображения сайта

Son suyagi bo‘yinchasining sinishini davolash

  • Muvaffaqiyatli operatsiyalarning yuqori foizi::
    bemorlarning 90% foizdan ortig‘i son bo‘yinchasi davolanganidan so‘ng ahvollari ancha yaxshilanganini ta’kidlashadi.
  • Shaxsiy yondoshuv:
    Har bir bemorni davolashning personallashtirilgan dasturlari.
  • Zamonaviy texnologiyalar:
    Maksimal samaraga erishish uchun tibbiyotning eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanish.

Son suyagining proksimal qismining tos-son bo‘g‘imidan sal pastroq hududidagi yaxlitlining buzilishi son suyagi bo‘yinchasining sinishi deyiladi. Bu ko’p hollarda osteoporozli keksa odamlarda tashxis qilinadigan juda keng tarqalgan patologiya.

Son suyagi bo‘yinchasining sinishi patologiyasi og’riq va harakatlanishning cheklanishini o’z ichiga oladi. Tashxis klinik ko’rinish asosida amalga oshiriladi va rentgenologik ma’lumotlar bilan tasdiqlanadi. Bunday shikastlanishlarda suyaklarning bitib ketmaslik xavfi juda yuqori. Bunday holda, son suyagi bo’yinchasining sinishini davolash uchun operatsiya o’tkaziladi.

Sabablari

Ushbu patologiya ko’p hollarda yoshga bog’liq o’zgarishlar bilan bog’liq. Yoshlarda son suyagining shikastlanishi odatda balandlikdan yiqilish, baxtsiz hodisalardan keyin sodir bo’ladi.

Sabab bo‘luvchi omillar:

 

  • Osteoporoz
keksa odamlarda son suyagi sinishlarining asosiy sababi Osteoporoz
    keksa odamlarda son suyagi sinishlarining asosiy sababi
  • Semizlik
ortiqcha vazn bo‘g‘imga yuqori yuklama tushishiga sabab bo‘ladi Semizlik
    ortiqcha vazn bo‘g‘imga yuqori yuklama tushishiga sabab bo‘ladi
  • Kam harakatli faoliyat Kam harakatli faoliyat
  • Noto‘g‘ri ovqatlanish
organizmda kaltsiy, magniy, boshqa mikroelementlarning yetishmasligi Noto‘g‘ri ovqatlanish
    organizmda kaltsiy, magniy, boshqa mikroelementlarning yetishmasligi
  • Onkologik kasalliklar Onkologik kasalliklar
  • Artrozlar Artrozlar
  • Zararli odatlar
chekish, alkogolni suiiste’mol qilish Zararli odatlar
    chekish, alkogolni suiiste’mol qilish
  • Qon tomirlari kasalliklari
suyaklarning qon bilan ta’minlanishining buzilishiga olib keladi Qon tomirlari kasalliklari
    suyaklarning qon bilan ta’minlanishining buzilishiga olib keladi
  • Buyrak va jigar kasalliklari Buyrak va jigar kasalliklari
  • 65 dan katta yosh
keksa odamlarga turmushda juda ehtiyot bo‘lish va xavfli vaziyatlarning oldini olish tavsiya etiladi 65 dan katta yosh
    keksa odamlarga turmushda juda ehtiyot bo‘lish va xavfli vaziyatlarning oldini olish tavsiya etiladi
h

Alomatlari

Organizmning ushbu patologik holatining asosiy ko‘rinishlari quyidagilardir:

  • Oyoqning tayanch funktsiyasining buzilishi
ushbu holat bemorning yura olmasligi, shikastlangan yuzaga suyanishi, shikastlangan bo'g'im shaklining buzilishi bilan namoyon bo'ladi Oyoqning tayanch funktsiyasining buzilishi
    ushbu holat bemorning yura olmasligi, shikastlangan yuzaga suyanishi, shikastlangan bo'g'im shaklining buzilishi bilan namoyon bo'ladi
  • Noqulaylik
chov sohasidagi kasal oyoqni qimirlatishda paydo bo‘ladigan vat inch holatda yo‘qoladigan kuchsiz og‘riqlar Noqulaylik
    chov sohasidagi kasal oyoqni qimirlatishda paydo bo‘ladigan vat inch holatda yo‘qoladigan kuchsiz og‘riqlar
  • Deformatsiyalangan oyoqning tashqariga buralishi Deformatsiyalangan oyoqning tashqariga buralishi
  • Sinishdan bir necha kun o‘tgach paydo bo‘ladigan chov sohasidagi gematoma
Sinishdan bir necha kun o‘tgach paydo bo‘ladigan chov sohasidagi gematoma
  • Oyoqning har doim
ham ko‘z bilan payqalmaydigan sezilmas qisqarishi Oyoqning har doim
    ham ko‘z bilan payqalmaydigan sezilmas qisqarishi
h

Tasniflash

Son suyagi bo‘yinchasining sinishi ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Eng muhim xususiyatlardan biri, sinish joyini topishdir.

Shikastlanish joyi qayerdan o‘tishiga qarab sinishlarning quyidagi ko‘rinishlarifarqlanadi:

  • Subkapital;
  • Transtservikal;
  • Bazistservikal.

Eng muhim mezon, bu sinish chizig’ining burchagidir. Suyak bo’laklarining siljish ehtimoli shunga bog’liq. Birinchi darajali sinishda, burchak 30 ° dan kam, ikkinchisida — 30-50 °, uchinchida — 50 ° dan ko‘proq.

Bosqichlari:

  • Birinchi: to‘liq bo‘lmagan;
  • Ikkinchi: siljishsiz, yakunlangan;
  • Uchinchi: to‘liq, qisman siljish mavjud;
  • To‘rtinchi: yakunlangan, tarqoq bo‘laklar bilan.

Tashxislash

Shifokor bemorga savollar beradi va ko‘zdan kechiradi, shundan so’ng u dastlabki tashxis qo’yadi. Uni tasdiqlash uchun bemorga quyidagi tekshiruvlar tayinlanishi mumkin:

Rentgenografiya

Tasvirlarda singan joy, shuningdek, son suyagi boshchasiningbo‘yinchaga nisbatan nisbatan og’ish darajasi aniq ko’rinadi, usulning ishonchliligi 80% dan ortiqni tashkil qiladi

Qon tahlili

Sinish sabablarini (yallig’lanish jarayoni, gormonal nomutanosiblik, osteoporoz) aniqlash uchun o‘tkaziuladi, usulning ishonchliligi 90% dan ortiqni tashkil qiladi

MRT

Shikastlanish yaqinida joylashgan sonning qon tomirlari va yumshoq to’qimalarining hozirgi holatini baholash uchun tayinlanadi

Markaz xodimlari

Yeryomin Ivan Konstantinovich
Bosh jarroh
Semyonov Nikita Aleksandrovich
Shifokor travmatolog-ortoped
Baysarov Usmon Axiyatovich
Shifokor travmatolog-ortoped
Molarishvili Zurab Malxaziyevich
Shifokor travmatolog-ortoped
Fedichkina Svetlana Vladimirovna
Travmatologiya-ortopediya operatsiya hamshirasi
Doljikova Yekaterina Vasilyevna
Ma’mur
Yazikova Anna Mixaylovna
Ma’mur
Yeryomin Ivan Konstantinovich
Bosh jarroh

Ish staji 15 yil

Mutaxassisligi:
— Oldindan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish orqali tos-son bo‘g‘imini endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imini assistent robot MAKO bilan total endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imining taftishli operatsiyalari

Sertifikatlar
Semyonov Nikita Aleksandrovich
Shifokor travmatolog-ortoped

Ish staji 3 yil

Mutaxassisligi:
— Tos-son bo‘g‘imini oldindan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish orqali endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imining taftishli operatsiyalari
— Tos-son bo‘g‘imini konservativ davolash

Sertifikatlar
Baysarov Usmon Axiyatovich
Shifokor travmatolog-ortoped

Ish staji 13 yil

Oliy toifali shifokor

Mutaxassisligi:
— Oldindan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish orqali tos-son bo‘g‘imini endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imini assistent robot MAKO bilan total endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imining taftishli operatsiyalari
— Tos-son bo‘g‘imini konservativ davolash

Sertifikatlar
Molarishvili Zurab Malxaziyevich
Shifokor travmatolog-ortoped

Ish staji 5 yil

Mutaxassisligi:
— Oldindan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish orqali tos-son bo‘g‘imini endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imini assistent robot MAKO bilan total endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imining taftishli operatsiyalari
— Tos-son bo‘g‘imini konservativ davolash

Sertifikatlar
Fedichkina Svetlana Vladimirovna
Travmatologiya-ortopediya operatsiya hamshirasi

Ish staji 15 yil

Sertifikatlar
Doljikova Yekaterina Vasilyevna
Ma’mur
Sertifikatlar
Yazikova Anna Mixaylovna
Ma’mur
Sertifikatlar

Davolash

Son suyagi bo‘yinchasi sinishi kamdan kam hollarda konservativ usul bilan davolanadi. Odatda, anamnezida narkoz qo‘llash mumkin bo‘lmagan og’ir yurak, qon tomirlari,va boshqa organlar va tizimlar patologiyalari bo’lgan bemorlarda bunday davolash amalga oshiriladi.

Keksa odamlarda son suyagi bo‘yinchasining sinishini konservativ davolash bemorga to’liq dam olishni ta’minlashdan iborat. Kasal oyoq bir holatda mahkamlab qo‘yiladi. Dori vositalari (kaltsiya preparatlari, xondroprotektorlar, bisfosfonatlar, almashinuv va qon oqimi tezligini oshiruvchi vositalar) tayinlanadi. Bunday davolash kamdan-kam hollarda to‘liq bitishga olib keladi va asoratlar rivojlanishiga sabchi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun shikastlanishning bu ko‘rinishini asosan jarrohlik usullari bilan davolashadi.

Ularga quyidagilar kiradi:

1. Osteosintez

Operatsiya jarayonida jarroh suyak bo’laklarini birlashtiradi va ularni maxsus metall konstruktsiyalar (shtiftlar, simlar, plastinalar, vintlar va boshqalar) yordamida kerakli holatda mahkamlab qo‘yadi. Barcha moslamalar oksidlanishga chidamli maxsus qotishmalardan tayyorlanadi.

Son suyagi bo‘yinchasi singandagi ushbu operatsiya 65 yoshgacha bo’lgan bemorlarga, shuningdek, asoratlanmagan sinishlar, qadalishlar, siljish yoki aylanishsiz sinishlarda tayinlanadi. Bu usul keksa odamlar uchun mos kelmaydi, chunki ularning ko’pchiligining suyagi osteoporoz tufayli mo’rtlashgan bo‘ladi.

Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tishi uchun quyidagi omillarning hech bo‘lmasa bir nechtasi birga kelishi kerak:

  • Osteoporozning yo‘qligi;
  • Bo‘g‘imning minimal shikastlanishi;
  • Singan joylarni normal qon bilan ta’minlovchi qon tomirlarining shikastlanmaganligi;
  • Aniq taqqoslash va suyak bo‘laklarini mustahkam mahkamlash imkoniyati.

Shunday bo’ladiki, osteosintezdan keyin suyaklar bitmaydi va turli xil asoratlar paydo bo’ladi. Shuning uchun, agar jarroh operatsiyaning muvaffaqiyatiga shubha qilsa yoki bemorda uni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud bo‘lsa yoki bemor 65 yoshdan oshgan bo’lsa, u holda boshqa davolash usullarini tanlagan ma’qul.

60 yoshdan oshgan odamlarda bo‘g‘imni endoprotezlash amalga oshiriladi.

2. Endoprotezlash.

Bu, shikastlangan bo’g’imni sun’iy protez bilan almashtirishdir. Protezlash total (ham sonning, ham quymichning tarkibiy qismlari almashtiriladi) yoki bir polyusli (faqat son suyagining tarkibiy qismlari almashtiriladi) bo’lishi mumkin. Protez usulini tanlash jarroh tomonidan sinishning tabiati, bemorning yoshi, hamroh kasalliklar mavjudligi va organizmning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Ko’pchilik hollarda, prognoz ijobiydir. Bemor ancha tez tuzalib ketadi, shikastlangan a’zoning tayanch-harakat funktsiyasi tiklanadi.

Reabilitatsiya

Jarrohlik aralashuvi o‘tkazilganidan so’ng, katta ahamiyatga ega va yakuniy natijaga katta ta’sir qiluvchi tiklanish jarayoni boshlanadi. Shikastlanish o‘chog‘idagi limfa oqimi va qon oqimini tiklash, organizmdagi tiqilishni bartaraf etish, jonsiz hududlar, tromblar, pnevmoniya va mushaklar atrofiyasining oldini olish uchun bemorga uqalash kursi buyuriladi. Uning intensivligi va davomiyligi davolovchi shifokor tomonidan har bir bemor uchun alohida belgilanadi.

Bundan tashqari, reabilitatsiyani tezlashtirish uchun DJT (davolash jismoniy tarbiyasi) tayinlanadi. Mashqlarni shifokor bemorning yoshi, jismoniy holati, operatsiya turi va organizmning tiklanish tezligiga qarab ishlab chiqiladi. To’g’ri ishlab chiqilgan DJT asoratlar rivojlanish ehtimolini kamaytiradi, mushaklarning tonusini yo’qotishining oldini oladi va vaqt o’tishi bilan harakatlanish funktsiyasini tiklash imkonini beradi.

Prognoz

Son suyagi bo‘yinchasining sinishidan keyin, prognoz yoshga, sog’liqqa, davolash usuliga va operatsiyaning muvaffaqiyatiga bog’liq bo‘ladi.

Prognoz
Agar turli sabablarga ko‘ra konservativ davolash qo‘llangan bo‘lsa

odatda suyaklarning to’liq birlashishi sodir bo’lmaydi, bo‘laklar faqat chandiqli fibroz to’qimalarning yordami bilan ushlanib turadi. Bu holat oyoqlarning harakatlanish funktsiyasini yomonlashtiradi va hayot sifatini pasaytiradi.

Osteosintezda ham bo‘laklar birikmaydi, lekin kuchli metall mahkamlagich bilan ushlab turiladi, bu esa prognozni yaxshilaydi. Endoprotezlashdan keyingi eng qulay prognoz.

Bunday og’ir sinishdan keyin keksa odamning hayoti uchun aniq prognoz berish juda qiyin.

Agar bemor taslim bo'lsa va o'z ustida ishlashni xohlamasa

Doimo yotsa, bir qator hamroh patalogiyalari bo‘lsa, uning hayotining davomiyligi bir necha oydan bir yilgachani tashkil qiladi.

Agar inson yoshi va qiyinchiliklariga qaramasdan energiya

va optimizmga to’la bo’lsa, haqiqatan ham yashashni xohlasa, u faqat tuzalibgina qolmay, balki yana ish qobiliyatini ham qaytaradi, o’ziga g’amxo’rlik qila oladi.

Oldini olish

50 yoshdan katta ayollar va 70 yoshdan oshgan erkaklar suyak to‘qimasining zichligini o’lchashni o‘z ichiga oladigan yillik tibbiy ko’rikdan o’tib turishlari kerak. Bu osteoporozni o’z vaqtida tashxislash va davolanishni boshlash imkonini beradi, bu esa sinishning oldini oladi.

Xavf guruhidagi bemorlar harakatlanishni muvofiqlashtirishni yaxshilaydigan va mushaklarni kuchaytiradigan maxsus mashqlarni muntazam ravishda bajarib turishlari kerak. Bu, yuqilish va suyaklarning sinishi xavfini ancha kamaytiradi.

To’g’ri ovqatlanish ham katta ahamiyatga ega. Muntazam ravishda kaliy, D vitamini va kaltsiyga boy oziq-ovqatlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ratsionga go‘shtning yog’siz navlarini kiritish tavsiya etiladi, chunki mushaklarning kuchini saqlab qolish uchun oqsil juda ham zarur.

Yiqilishlarning oldini olish uchun keksa odamlar dori-darmonlar qabulini nazorat qilishlari kerak, chunki ularning ko’pchiligi bosh aylanishi va zaiflik kabi nojo‘ya ta’sirlarga ega. Bu muvozanatni yo’qotish, yiqilish va sinishlarga olib kelishi mumkin.

Vaznni nazorat qilish va semirishning rivojlanishiga yo’l qo’ymaslik juda muhim, chunki semiz odam ob’ektiv sabablarga ko’ra yiqilsa, jarohat olish ehtimoli yuqori bo’ladi. Vaznni kamaytirish profilaktikaning muhim qismidir.

Bunday sinishlarning aksariyati uyda yiqilish tufayli sodir bo‘ladi. Shuning uchun, inson yashaydigan ichki makonni qayta ko’rib chiqish tavsiya etiladi. Pollardan begona jismlar va gilamlarni olib tashlash kerak. Pol silliq bo’lmasligi kerak. Vanna xonasidagi devorlarga keksa odamni qo’llab-quvvatlaydigan va uning kelajakda yiqilishning oldini olishga yordam beradigan maxsus tutqichlar o’rnatish tavsiya etiladi.

Bo‘g‘imlardagi og‘riqlarga sizning hayotingizni boshqarishga yo‘l bermang

O‘zingizga cheklovlarsiz harakat erkinligini sovg‘a qiling

5 yil davomida DAA usuli yordamida 3 mingdan ortiq bemorni faol hayotga qaytardik

Ariza qoldiring va maslahat oling