Сайт может отображаться некорректно, поскольку вы просматриваете его с устаревшего браузера Internet Explorer (), который больше не поддерживается Microsoft.
Рекомендуем обновить браузер на любой из современных: Google Chrome, Яндекс.Браузер, Mozilla FireFox.
Пожалуйста, поверните устройство в вертикальное положение для корректного отображения сайта

Son bo‘yinchasi singandagi osteosintez

  • Muvaffaqiyatli operatsiyalarning yuqori foizi::
    bemorlarning 90% foizdan ortig‘i son bo‘yinchasi davolanganidan so‘ng ahvollari ancha yaxshilanganini ta’kidlashadi.
  • Shaxsiy yondoshuv:
    Har bir bemorni davolashning personallashtirilgan dasturlari.
  • Zamonaviy texnologiyalar:
    Maksimal samaraga erishish uchun tibbiyotning eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanish.

Son bo‘yinchasining sinishi

Bu son suyagi yaxlitligining konservativ tarzda deyarli davolab bo‘lmaydigan anatomik buzilishi. Ko‘pchilik hollarda, patologiya jarrohlik yo‘li bilan davolanadi, ularning bir turi osteosintezdir. Son bo‘yinchasi sinishidagi osteosintez — bu son suyagi bo‘laklarini qayta joylashtirish va ularning qattiq usulda mahkamlash amalga oshiriladigan operatsiya.

Osteosintezning maqsadi

Son bo‘yinchasi sinishida jarrohlikning asosiy maqsadi — sinish zonasida suyak bo’laklarining to’g’ri holatini tiklash, ularning harakatsizligini son suyagi bo’yinchasining to‘liq birikishiga qadar saqlab turish.

Son bo’ynchasini operatsiya qilishda turli xil konstruktsiyalar — metall spitsalar, tishli va o‘qli tizimlar (vintlar), diafizar plastinali qurilmalardan foydalaniladi. Osteosintez tizimlari korroziyaga chidamli bo’lishi va inson tanasi to’qimalariga biologik mos bo’lishi kerak bo’lgan titan yoki po’lat asosidagi maxsus metall qotishmalaridan tayyorlanadi.

Son suyagi osteosinteziga ko‘rsatmalar va mumkin bo‘lmagan holatlar

Son suyagi bo‘yinchasi sinishida uning qismlarini qayta joylashtirish (to’g’ri joyga qo’yish) operatsiyasi quyidagi hollarda talab qilinadi:

  • Siljish bilan sinish Siljish bilan sinish
  • Bo‘laklarga bo‘linish bilan sinish Bo‘laklarga bo‘linish bilan sinish
  • Aralash jarohatlar
masalan chiqish bilan birga sodir bo‘lgan sinish
Aralash jarohatlar
    masalan chiqish bilan birga sodir bo‘lgan sinish
  • Suyakning noto‘g‘ri o‘sishi, soxta artroz va boshq Suyakning noto‘g‘ri o‘sishi, soxta artroz va boshq
h

Operatsiya amalga oshirib bo‘lmaydigan umumiy holatlar

  • turli organ va tizimlarning dekompensatsiyalangan kasalliklari;
  • bemorning umumiy og‘ir holati, shok, koma;
  • yuqumli kasalliklar, sil kasalligining faol ko‘rinishi;
    koagulopatiyalar;
  • yiringli yallig‘lanishlar, jarrohlik amalga oshiriladigan sohalardagi teri, yumshoq to‘qimalar, suyak infektsiyalari;
  • jiddiy mental buzilishlar;
  • oyoqlarning og‘ir darajali tromboflebiti.

Son bo‘yinchasining sinishida osteosintezning muvaffaqiyatli natijasiga erishish uchun uning joylashuvi, jarohatlar sohasidagi suyakning qon bilan ta’minlanishining buzilish darajasi ham hisobga olinadi. Siljish bilan kechadigan subkapital sinish, son suyagi boshchasi qon ta’minotining sezilarli darajada buzilishi va aseptik nekroz ehtimoli muvaffaqiyatli operatsiya ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi.

Osteosintez usullari

Son suyagi bo’ynining sinishidagi osteosintez ikkita asosiy — ekstramedullyar va intramedullyar usul bilan amalga oshiriladi. Bu usullarning ikkalasi ham ichki (botiriladigan) osteosintezning bir turidir, ammo ekstramedullyar osteosintezda, konstruktsiyalar ilik kanaliga ta’sir qilmaydi, intramedullyar usulda esa, ular u orqali amalga oshiriladi.

Intramedullyar usul

Intramedullyar osteosintez — sinishlarni davolashning eng samarali usullaridan biri. U har bir suyak bo’lagining ilik kanaliga qattiq yoki yarim elastik bo’lishi mumkin bo’lgan maxsus qurilmalar — o‘qlar, shtiftlarni kiritishdan iborat.

Mahkamlash elementlarining distal uchlarida tizimning barqarorligini ta’minlash uchun vintlar uchun teshiklar yoki maxsus burmalar mavjud. Intramedullyar osteosintez uchun konstruktsiyalar bilan hatto ko’plab bo’lakli sinishlarni ham tuzatishi mahkamlash mumkin.

Shtiftlar ilik kanaliga uni dastlabki kengaytirishdan keyin yoki kengaytirishsiz kiritiladi. Suyak bitganidan so’ng barcha intramedullyar konstruktsiyalar olib tashlanadi.

Ekstramedullyar osteosintezda

Son bo’yinchasi sinishida vintlar bilan osteosintezda suyakka mahkamlanadigan maxsus plastinalar qo’llaniladi.

Son bo‘yinchasi osteosintezi operatsiyasiga tayyorlanish

Son suyagi bo’yinchasi singanda, jarrohlik operatsiyasini imkon qadar tezroq qilish tavsiya etiladi, shuning uchun unga tayyorgarlik tezlashtirilgan tarzda amalga oshirilishi kerak.

Tashxisni tasdiqlash

Son suyagi bo’yinchasi sinishi tashxisini tasdiqlash, uning tabiatini aniqlash uchun rentgenografiya o’tkaziladi. Kompyuterli yoki magnit-rezonans tomografiyasi sinish sohasida osteosintez o‘tkazish imkoniyatiga ta’sir qiladigan qon ta’minotining buzilishi darajasini baholashga yordam beradi.

Standart tayyorgarlik

Standart tayyorgarlik son suyagi bo‘yinchasini davolash uchun operatsiyadan bir kecha oldin va operatsiya kuni ertalab klizma yoki maxsus preparatlar yordamida ichaklarni tozalashoperatsiya sohasidagi yunglarniolib tashlashni o‘z ichiga oladi. Oxirgi ovqatlanish (yengil kechki ovqat) aoperatiyadan 8-10 soat oldin bo’lishi kerak, u och qoringa o’tkaziladi, operatsiya kuni ertalab ovqatlanmaslik va ichimlik ichmaslik kerak.

 

Hamroh patalogiyalar mavjudligida

Operativ aralashuv ehtimoli haqida davolovchi shifokor xulosasi talab qilinadi.

Operatsiyadan bir kecha oldin yoki bevosita uning oldidan bemor bilan anesteziolog suhbatlashadi, u undan ilgari jarrohlik davolashi o’tkazilgan yoki yo‘qligi, anesteziyaning qaysi turi ishlatilganligi, bemorning dori vositalarga allergiyasi bor yoki yo’qligi, spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilishi yoki yo‘qligi, qanday dorilarni doimiy qabul qilishini aniqlaydi.

Ushbu ma’lumotlar shifokorga optimal anesteziologiya usulini tanlashga yordam beradi. Ko’p hollarda, son suyagi bo’yinchasining sinishidagi osteosintez umumiy narkoz ostida amalga oshiriladi. Ba’zi hollarda epidural anesteziya qilinishi mumkin.

Qo‘shimcha tekshiruvlar

Bemorga shuningdek quyidagi qo‘shimcha tekshiruv ham tayinlanadi:

  • qonning va siydikning umumiy tahlillari;
  • qonning biokimyoviy tahlili, qon guruhi va rezus-omilni aniqlash;
  • gemostaziogramma;
  • mineral almashuvi (fosfor, kaltsiy) ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun tahlil;
  • densitometriya;
  • EKG;
  • FLG yoki ko‘krak qafasi organlari rentgenografiyasi.
Majburiy tahlillar ro‘yxati
  1. Qonning trombotsitlarni sasnash bilan kengaytirilgan (klinik) umumiy tahlili, muddati 14 kungacha.
  2. Siydikning umumiy tahlili, 14 kungacha.
  3. Qonning biokimyoviy tahlili (ALAT, ASAT, umumiy, to‘g‘ri bilirubin, qondagi glyukoza, umumiy oqsil, mochevina, kreatinin, natriy, kaltsiy, kaliy, xlor), muddati 14 kungacha.
  4. Koagulogramma (fibrinogen, ACHTV, prothrombin vaqti, Kvink bo‘yicha protrombin, MNO,thrombin vaqti, quyulish vaqti va qon ketishining davomiyligi), muddati 14 kungacha.
  5. Gepatitning В (HbsAg) va gepatit С (HCV) markerlari uchun qon tahlili, 3 oygacha.
  6. RW uchun qon tahlili, muddati 1 oygacha.
  7. OIV infektsiyasi uchun qon tahlili, muddati 3 oygacha.
  8. Qon guruhi, rezus faktor. Muddati 2 oygacha.
  9. Eritrotsitlarni Rh(C,E,c,e) tizimi va Kell antigeni bo‘yicha fenotiplash. (muddatsiz)
  10. Alloimmun antieritrotsitar antitanalar,shuningdek, Rh-antigeniga antitanalar
  11. Rasshifrovkasi va xulosasi bilan elektrokardiogramma (EKG), muddati 14 kungacha.
  12. Ko’krak qafasi organlarining flyuorografik tadqiqoti yoki ko’krak qafasi organlarining 2 proektsiyadagi obzorli rentgenogrammasi, muddati 6 oygacha.
  13. Fibragastroduodenoskopiya (FGDS), muddati 3 oygacha. Yarali anamnez, oshqozon-ichak trakti eroziyalari bo‘lganda, 1 oygacha.
  14. Oyoqlar venalarining ultratovush tadqiqoti, muddati, 1 oygacha.
  15. Oyoqlar arteriyalarining ultratovush tadqiqoti, 1 oygacha.
  16. Braxiotsefal arteriyalarning ultratovush tadqiqoti, 3 oygacha.
  17. Exokardiografiya (yurak UTT), muddati 1 oygacha.
  18. Kunlik EKG monitoringi, 65 yoshdan katta, gipertonik kasalligi bo‘lgan shaxslar uchun. Muddati 1 oygacha.
  19. TTG, glikirlangan gemoglobin, qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun, muddati 14 kungacha.
  20. Davolovchi shifokorning jarrohlik davolashi mumkin bo‘lmagan holatlar va ko’rsatilgan hamroh kasalliklar yo’qligi ko’rsatilgan bosma shakldagi xulosasi, muddati 1 oygacha
  21. Hamroh kasalliklar bo‘lganda, tor soha mutaxassislarining (onkolog, endokrinolog, kardiolog) xulodsasi to‘liq ko‘rik, muddati 1 oygacha
  22. 100% miqyoslik bitta plyonkada tos suyaklarining sonning yuqori uchdan biri, son suyagini qamrab olgan rentgenografiyasi. (Bitta tasvirda har ikkala bo‘g‘im to‘g‘ri proyektsiyada).

Markaz xodimlari

Yeryomin Ivan Konstantinovich
Bosh jarroh
Semyonov Nikita Aleksandrovich
Shifokor travmatolog-ortoped
Baysarov Usmon Axiyatovich
Shifokor travmatolog-ortoped
Molarishvili Zurab Malxaziyevich
Shifokor travmatolog-ortoped
Fedichkina Svetlana Vladimirovna
Travmatologiya-ortopediya operatsiya hamshirasi
Doljikova Yekaterina Vasilyevna
Ma’mur
Yazikova Anna Mixaylovna
Ma’mur
Yeryomin Ivan Konstantinovich
Bosh jarroh

Ish staji 15 yil

Mutaxassisligi:
— Oldindan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish orqali tos-son bo‘g‘imini endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imini assistent robot MAKO bilan total endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imining taftishli operatsiyalari

Sertifikatlar
Semyonov Nikita Aleksandrovich
Shifokor travmatolog-ortoped

Ish staji 3 yil

Mutaxassisligi:
— Tos-son bo‘g‘imini oldindan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish orqali endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imining taftishli operatsiyalari
— Tos-son bo‘g‘imini konservativ davolash

Sertifikatlar
Baysarov Usmon Axiyatovich
Shifokor travmatolog-ortoped

Ish staji 13 yil

Oliy toifali shifokor

Mutaxassisligi:
— Oldindan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish orqali tos-son bo‘g‘imini endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imini assistent robot MAKO bilan total endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imining taftishli operatsiyalari
— Tos-son bo‘g‘imini konservativ davolash

Sertifikatlar
Molarishvili Zurab Malxaziyevich
Shifokor travmatolog-ortoped

Ish staji 5 yil

Mutaxassisligi:
— Oldindan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish orqali tos-son bo‘g‘imini endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imini assistent robot MAKO bilan total endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imining taftishli operatsiyalari
— Tos-son bo‘g‘imini konservativ davolash

Sertifikatlar
Fedichkina Svetlana Vladimirovna
Travmatologiya-ortopediya operatsiya hamshirasi

Ish staji 15 yil

Sertifikatlar
Doljikova Yekaterina Vasilyevna
Ma’mur
Sertifikatlar
Yazikova Anna Mixaylovna
Ma’mur
Sertifikatlar

Operatsiya jarayoni

01

Bemor operatsiya stoliga yotqiziladi va unga narkoz yuboriladi. Operatsiya paytida u hech narsani his qilmaydi va intensive davolash palatasida hushiga keladi va u yerda tibbiy xodimlarning jiddiy nazorati ostida bo‘ladi.

02

Oyoq kerakli holatda joylashtiriladi. Operatsiya maydoni antiseptik bilan qayta ishlanadi. Keyin jarroh kesishni amalga oshiradi, uning o’lchami yopiq yoki ochiq repozitsiya o‘tkazilishiga qarab 2-3 dan 10-15 sm gacha bo‘ladi.

03

Yopiq intramedullyar osteosintezda mahkamlash konstruktsiyasi rentgenografiya nazorati ostida son suyagi boshchasining ma’lum bir nuqtasiga burash va maxsus asboblar yordamida 2-3 sm uzunlikdagi kesma orqali kiritiladi.

04

Ochiq osteosintez katta kesmani (10-15 sm gacha), suyak bo’laklarini joylashtirish, tanlangan mahkamlash tizimini o’rnatishni nazarda tutadi.

05

Operatsiyaning yakuniy bosqichi – yaraga ishlov berish, uni drenajlash va choklash. Agar tanlangan texnika oyoqning harakatsizligini nazarda tutsa, bemorga gips qo’yiladi.

.

Tos-son bo‘g‘imi markazida son suyagi bo’yinchasining sinishidagi osteosintez zamonaviy usullar va yuqori texnologiyali uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Klinikaning tajribali shifokorlari o’z faoliyatlarida faqat eng yaxshi tajribadan foydalangan holda o’z malakalarini doimiy tarzda oshirib boradilar.

Markaz xodimlari davolanish jarayoni, bemorlarning tiklanishi imkon qadar tez, qulay va eng yaxshi natijalar bilan o‘tishi uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradilar.

Reabilitatsiya

Operatsiyadan so’ng bemor darhol intensiv davolash bo’limiga yoki palatasiga o’tkaziladi, aralashuv o‘tkazilgan joyga sovuq kompres qo’yiladi, antibiotikli davolash, og’riq qoldiruvchi dorilar, agar kerak bo’lsa — boshqa dorilar tayinlanadi. Operatsiyadan keying yotish rejimi uzoq bo’lmasligi kerak, maksimal 1-2 kun, erta faollashtirish operatsiyadan keyingi asoratlarning oldini olishga va tiklanishni tezlashtirishga yordam beradi. Biroq, operatsiya qilingan a’zoga yukni kamaytirish kerak, bemor qo’ltiq tayoqlarida harakatlanishi kerak. Erta tiklanish davrida nafas olish mashqlari va tiqilishing oldini olish uchun uqalash amalga oshiriladi. 10-12 kundan keyin olib tashlanadigan choklarni qayta ishlash kerak.

Operatsiya jarohati bitganidan so’ng, bemorga soni va intensivligi asta-sekin ortib boruvchi tiklovchi muolajalar buyuriladi. Bularga quyidagilar kiradi:

  • davolash jismoniy tarbiyasi – passiv va faol mashqlar, trenajyorlarda mashg‘ulotlar;
  • fizioterapiya;
  • davolash vannalari;
  • parafinga o‘rash;
  • uqalash;
  • suzish, akvagimnastika.

Oyoq faoliyatini to’liq tiklash va odatiy turmush tarziga qaytish vaqti ham quyidagi ko‘pgina omillarga bog‘liq: bemorning yoshi, uning sog’lig’ining holati va umuman jismoniy holati, sinishning og‘irligi, operatsiyadan keyingi asoratlarning yo’qligi yoki mavjudligi. Reabilitatsiya davri 3-6 oydan 12 oygacha davom etishi mumkin.

Bo‘g‘imlardagi og‘riqlarga sizning hayotingizni boshqarishga yo‘l bermang

O‘zingizga cheklovlarsiz harakat erkinligini sovg‘a qiling

5 yil davomida DAA usuli yordamida 3 mingdan ortiq bemorni faol hayotga qaytardik

Ariza qoldiring va maslahat oling