Сайт может отображаться некорректно, поскольку вы просматриваете его с устаревшего браузера Internet Explorer (), который больше не поддерживается Microsoft.
Рекомендуем обновить браузер на любой из современных: Google Chrome, Яндекс.Браузер, Mozilla FireFox.
Пожалуйста, поверните устройство в вертикальное положение для корректного отображения сайта

3 darajali koksartrozni davolash

  • Muvaffaqiyatli operatsiyalarning yuqori foizi::
    bemorlarning 90% foizdan ortig‘i son bo‘yinchasi davolanganidan so‘ng ahvollari ancha yaxshilanganini ta’kidlashadi.
  • Shaxsiy yondoshuv:
    Har bir bemorni davolashning personallashtirilgan dasturlari.
  • Zamonaviy texnologiyalar:
    Maksimal samaraga erishish uchun tibbiyotning eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanish.
Описание коксартроза 3 степени

3-darajali koksartroz kasallikning o‘tkazib yuborilgan bosqichi bo’lib, pay va bo‘g‘im atrofidagi tuzilmalarning sezilarli darajada yemirilishi bilan tavsiflanadi. Ushbu shaklni boshdan kechirayotgan bemorlar har bir qadamda chidab bo’lmas og’riq his qilishadi, hatto o’tirish ham chidab bo’lmas og‘riq berishi mumkin. Harakatchanlikni tiklash va og’riqni yo’qotish uchun bu holat ko’pincha jarrohlik aralashuvni talab qiladi.

Koksartrozning oxirgi, uchinchi bosqichi — eng og’iri. U bo‘g‘imdagi qaytarilmas shikastlanishlar bilan tavsiflanadi. U bo‘g‘im tirqishining to’liq yoki qisman birlashishi bilan ajralib turadi. Bunday patologik o’zgarishlar natijasida tos-son bo’g’imi butunlay harakatsiz bo’lib qoladi, bemor esa — ishlash qobiliyatini yo‘qotadi. Bunday holda konservativ davolash samarasiz va faqat klinik alomatlarni bartaraf etish uchungina qo‘llaniladi. Harakat funktsiyasini tiklashning yagona usuli— jarrohlik.

Xavf omillari

3 darajali koksartrozning rivojlanish xavfi omillari:

  • yoshning 45 dan oshganligi;
  • ayollarda menopauza davrida organizmdagi gormonal o‘zgarishlar;
  • endokrin patalogiyalar;
  • yassi tovonlik;
  • umurtqa pog‘onasining qiyshayishi;
  • metabolic buzilishlar.
Факторы риска коксартроза 3 степени

Markaz xodimlari

Yeryomin Ivan Konstantinovich
Bosh jarroh
Semyonov Nikita Aleksandrovich
Shifokor travmatolog-ortoped
Baysarov Usmon Axiyatovich
Shifokor travmatolog-ortoped
Molarishvili Zurab Malxaziyevich
Shifokor travmatolog-ortoped
Fedichkina Svetlana Vladimirovna
Travmatologiya-ortopediya operatsiya hamshirasi
Doljikova Yekaterina Vasilyevna
Ma’mur
Yazikova Anna Mixaylovna
Ma’mur
Yeryomin Ivan Konstantinovich
Bosh jarroh

Ish staji 15 yil

Mutaxassisligi:
— Oldindan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish orqali tos-son bo‘g‘imini endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imini assistent robot MAKO bilan total endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imining taftishli operatsiyalari

Sertifikatlar
Semyonov Nikita Aleksandrovich
Shifokor travmatolog-ortoped

Ish staji 3 yil

Mutaxassisligi:
— Tos-son bo‘g‘imini oldindan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish orqali endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imining taftishli operatsiyalari
— Tos-son bo‘g‘imini konservativ davolash

Sertifikatlar
Baysarov Usmon Axiyatovich
Shifokor travmatolog-ortoped

Ish staji 13 yil

Oliy toifali shifokor

Mutaxassisligi:
— Oldindan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish orqali tos-son bo‘g‘imini endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imini assistent robot MAKO bilan total endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imining taftishli operatsiyalari
— Tos-son bo‘g‘imini konservativ davolash

Sertifikatlar
Molarishvili Zurab Malxaziyevich
Shifokor travmatolog-ortoped

Ish staji 5 yil

Mutaxassisligi:
— Oldindan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish orqali tos-son bo‘g‘imini endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imini assistent robot MAKO bilan total endoprotezlash
— Tos-son bo‘g‘imining taftishli operatsiyalari
— Tos-son bo‘g‘imini konservativ davolash

Sertifikatlar
Fedichkina Svetlana Vladimirovna
Travmatologiya-ortopediya operatsiya hamshirasi

Ish staji 15 yil

Sertifikatlar
Doljikova Yekaterina Vasilyevna
Ma’mur
Sertifikatlar
Yazikova Anna Mixaylovna
Ma’mur
Sertifikatlar

Koksartrozning sabablari

Inson tanasining barcha bo’g’imlari orasida, tos-son bo‘g‘imi, eng katta bo’g’im hisoblanadi. U har kuni og’ir yukni ko’targanligi sababli odam kundalik harakatlarni amalga oshiradi: yuradi, yuguradi, sakraydi, og’ir yuklarni ko’taradi. Shuning uchun ham bo‘g‘imning degenerativ-distrofik o’zgarishlar, ya’ni aynan — koksartroz rivojlanishiga juda moyil bo’lishi ajablanarli emas

  • Bo‘g‘imda qon aylanishning buzilishi
To‘qimalarda oziqlanishning yetishmasligiga olib keladi Bo‘g‘imda qon aylanishning buzilishi
    To‘qimalarda oziqlanishning yetishmasligiga olib keladi
  • Shikastlanishlar
Pay to‘qimasining shikastlanishiga sabab bo‘ladi Shikastlanishlar
    Pay to‘qimasining shikastlanishiga sabab bo‘ladi
  • Ortiqcha vazn
Tos-son bo‘g‘imi va oyoqlarga juda katta yuklama beradi Ortiqcha vazn
    Tos-son bo‘g‘imi va oyoqlarga juda katta yuklama beradi
  • Genetic moyillik Genetic moyillik
  • Gormonal muvozanatning buzilishi Gormonal muvozanatning buzilishi
  • Somatic kasalliklar
Shuningdek anamnezida quyidagilar bo‘lgan patologik holatlar: infektsiya, tos-son suyagi nekrozi, qandli diabet Somatic kasalliklar
    Shuningdek anamnezida quyidagilar bo‘lgan patologik holatlar: infektsiya, tos-son suyagi nekrozi, qandli diabet
  • Haddan tashqari jismoniy yuklamalar
Sport bilan professional shug‘ullanish Haddan tashqari jismoniy yuklamalar
    Sport bilan professional shug‘ullanish
  • Gipodinamiya
O‘tirib ishlash Gipodinamiya
    O‘tirib ishlash
  • Anamnezdagi artrit Anamnezdagi artrit
h

Alomatlari

Koksartrozning dastlabki bosqichlari sust alomatlar bilan kechadi. Ko’p hollarda tos-son bo‘g‘imi sohasida yengil og’riq va noqulaylik kuzatiladi. Jismoniy zo‘riqishlar paytida og’riqli hislar paydo bo’ladi, biroq ular dam olishdan keyin ketadi.

Постоянная боль при коксартрозе
Hatto tinchlik holatida ham qattiq og‘riq

holatida ham qattiq og‘riq. Og‘riq hissi, hatto tungi paytlarda ham o‘zidan-o‘zi paydo bo‘ladi. Shu sababli bemorlar ko‘pincha uyquning buzilishi va uyqusizlikdan shikoyat qilishadi. Og‘riq chov va son sohalariga ham tarqaladi.

Атрофия конечности при коксартрозе
Oyoq atrofiyasi

Oyoq, shikastlanish tomonidan ozg‘in va kaltaroq bo‘lib qoladi, ozg‘in ko‘rinish oladi.

Деформация суставов при коксартрозе
Bo‘g‘imning deformatsiyasi

Shikastlangan oyoq majburiy holatga o‘tadi va ichkariga qayriladi.

Утренняя скованность при коксартрозе
Ertalabki harakatlarning cheklanishi

O‘yg‘onishdan so‘ng cheklanganlik va harakatchanlikning qiyinlashishi hissi. Bu noqulay hisni yengillashtirish uchun 20-40 daqiqa davomida chigilni yozish yoki uni “tarqatish” kerak.

Выраженная тугоподвижность при коксартрозе
Yaqqol qiyin harakatlanish

Faqat quyidagi yordamchi vositalar yordamida harakatlanish mumkin: aravachalar, hassalar, yurish moslamasi yoki qo‘ltiqtayoqlar.

Tashxislash

Tashxislash va tos-son bo‘g‘imining joriy holatini baholash uchun kompleks tashxislashdan foydalaniladi:

KT

Qo‘shimcha tadqiqot sifatida va MRT o‘tkazish mumkin bo‘lmagan holatlarda tayinlanadi

Rentgenografiya

Arzonligi va ma’lumotliligi bilan ajralib turadigan asosiy usul

MRT

Kam qo‘llaniladi, ammo bo‘g‘im tuzilmalari va yumshoq to‘qimalarning holatini baholash imkonini beradi

Laboratoriya usullari

Qonning umumiy va biokimyoviy tahlili, С-reaktiv oqsil, revmatoid omil

3 darajali koksartrozni davolash

3 darajali koksartrozni operatsiyasiz davolash quyidagilarga yo‘naltirilgan:

  • yallig‘lanishni to‘xtatish;
  • kasallik alomatlarini yo‘q qilish, bemorning ahvolini yaxshilash;
  • pay to‘qimasining trofikasini yaxshilash;
  • bo‘g‘imning harakatchanligini oshirish;
  • bo‘g‘im mushaklarini mustahkamlash;
  • degenerative-distrofik o‘zgarishlarni to‘xtatish;
  • synovial suyuqlikni to‘ldirish.

Quyidagi hollarda 3 darajali koksartrozni jarrohlik yo‘li bilan davolash buyuriladi:

  • kuchli dorilar bilan ham bartaraf qilib bo‘lmaydigan doimiy og’riq sindromi;
  • konservativ davolash samarasiz bo‘lganda;
  • suyak nekrozida;
  • harakatchanlikning ish qobiliyatini yo‘qotishga olib keladigan qattiq cheklanishida.

Koksartrozni operativ davolashning asosiy usuli endoprotezlashdir. Operatsiya shikastlangan bo‘g‘imni titan implantga almashtirishni nazarda tutadi. Bu oyoq biomexanikasini samarali tiklash va bemorni to‘laqonli hayotga qaytarish imkonini beradi.

Operatsiyasiz davolash

Asoratlar bo’lmaganda va shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilinganda amalga oshiriladi. Davolash taktikasi har bir klinik holatning xususiyatlarini hisobga olgan holda qat’iy individual tarzda tanlanadi.

Dori vositalari bilan davolash

Dori vositasining turi, uning dozalanishi,necha mart ava qancha vaqt daomida qabul qilishni shifokor individual tarzda belgilaydi. Ko‘pchilik hollarda quyidagilardan foydalaniladi:

  • nosteroid shamollashga qarshi vositalar (NShQV);
  • xondroprotektorlar;
  • qon tomirlarini kengaytiruvchi vositalar;
  • miorelaksantlar;
  • analgetiklar, ular foyda bermaganda esa — glyukokortikosteroidlar;
  • Yallig‘lanishga qarshi mazlar, gellar va kremlar.
DJT

Davolash jismoniy tarbiyasi barcha ortopedik kasalliklar, shu jumladan koksartroz uchun ham yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi. Ammo 3 darajali TSB artrozi kuchli og’riqlar bilan birga kechadi, shuning uchun, eng kichik jismoniy yuklama ham bemor uchun qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun,davolash jismoniy tarbiyasi mutaxassisi bo’g’imga to’g’ri yuklama bilan shaxsiy mashg’ulot rejasini tuzadi.

Fizioterapiya

Fizioterapiya muolajalari dori vositalarining ta’sirini kuchaytiradi, bemorning ahvolini yaxshilaydi va asoratlar rivojlanishining oldini oladi. Koksartrozda quyidagilar buyuriladi:

  • ultratovush davolashi;
  • magnit bilan davolash;
  • lazer bilan davolash;
  • balchiq bilan davolash.

 

Davolovchi uqalash

U to‘qimalardagi qon aylanishini yaxshilash, bo‘g‘imning harakatchanligini oshirish va mushaklarni mustahkamlashga qaratilgan. Uqalashni faqat qattiq og‘riq bo‘lmaganda bajarish mumkin.

Parhezli davolash

3 darajali koksartrozda oqsil, uglevodlar va mikroelementlarning kunlik normasini iste’mol qilishni nazarda tutuvchi parhez tayinlanadi. Ovqatlanish ratsioni go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, bo‘tqalar, yangi meva va sabzavotlarni o‘z ichiga olishi kerak.

Profilaktika

Quyidagilar koksartrozning rivojlanishi va kuchayishining oldini olishga yordam beradi:

  • vaznni nazorat qilish;
  • to‘g‘ri, ratsional ovqatlanish;
  • og‘ir jismoniy yuklamalardan voz kechish;
  • har kunlik gimnastikani bajarish;
  • ish va dam olishni almashtirish;
  • sportning qiyin bo‘lmagan turlari: suzish, yoga, yugurish, pilates bilan shug‘ullanish;
  • zararli odatlarni tark etish;
    kasallikni o‘z vaqtida davolash, o‘z-o‘zini davolashdan voz kechish.
Профилактика коксартроза

Tos-son bo‘g‘imini endoprotezlash

3-darajali koksartrozni davolash operatsiyasi yemirilgan bo’g’inni sun’iy implant bilan almashtirishni — shikastlangan to’qimalarni olib tashlash, uni yemirilgan bo’g’imni almashtirishni nazarda tutadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar va javoblar

3 darajali koksartrozni davolashdan keyin men faol hayotga qayta olamaqnmi?

Ha, ko’pchilik bemorlar muvaffaqiyatli davolanish va reabilitatsiyadan keyin faol hayotga qaytadilar. Biroq, bu vaqt va kuch talab qilishi mumkin. 3 bosqichdagi koksartrozni davolashning jarrohlik usullari bemorlarga avvalgi faolligiga qaytish imkonini berib hayot sifatini ancha yaxshilashi va bo’g’imlarning harakatchanligini tiklashi mumkin.

3 darajali koksartrozni davolashning prognoziga qanday omillar ta’sir qilishi mumkin?

Prognoz ko‘plab omillarga bog‘liq, xususan:

  • Bemorning yoshiga.
  • Salomatlikning umumiy holatiga.
  • Bemorning jismoniy faollik darajasiga.
  • Bo‘g‘im to‘qimalarining yemirilish darajasiga.
  • Jarrohlik aralashuvining sifatiga.
  • Reabilitatsiya davrida shifokorning tavsiyalariga qat’iy rioya qilishga.
3 darajali koksartrozni operatsiya qilishdan keyin qanday cheklovlar mavjud bo‘lishi mumkin?

Operatsiyadan keyin quyidagi cheklovlar mavjud bo‘lishi mumkin:

  • Bo‘g‘imga yuklamalar tushishi va uzoq vaqt turishlarning oldini olish.
  • Yugurish yoki sakrash kabi ma’lum bir jismoniy faollik turlari bilan shug‘ullanmaslik.
  • Shifokorning jismoniy faollik va kundalik turmush bo‘yicha tavsiyalariga rioya qilish.
3 darajali koksartrozda operatsiyaning qanday ko‘rinishlari qo‘llaniladi?

Davolashning jarrohlik usullariga quyidagilar kirishi mumkin:

  • Bo‘g‘imning kasallangan yuzasi sun’iy implantatlar bilan almashtiriladigan tos-son bo‘g imini endoprotezlash.
  • Son suyagi boshchasi rezektsiyasi.
  • Bo‘g‘imning harakatchanligini cheklaydigan, biroq og‘riqni qoldiradigan bo‘g‘imning artodezi.

Bo‘g‘imlardagi og‘riqlarga sizning hayotingizni boshqarishga yo‘l bermang

O‘zingizga cheklovlarsiz harakat erkinligini sovg‘a qiling

5 yil davomida DAA usuli yordamida 3 mingdan ortiq bemorni faol hayotga qaytardik

Ariza qoldiring va maslahat oling